Xabarga ko‘ra, nikoh shanba kuni Las-Vegas shahrini o‘z ichiga olgan Nevada shtatining Klark okrugida tuzilgan. Jennifer Lopes familyasini Jennifer Afflek deb o‘zgartiradi.
Ben Afflek va Jennifer Lopes 2002 yilda suratga olish maydonchasida tanishgan va 2003 yilda unashtirilgan. Biroq keyingi yili OAVning haddan tashqari eʼtibori tufayli munosabatlarni uzgan.
O‘tgan yili er-xotinning yana birga ekani haqidagi xabar yulduzlarning muxlislarini hayratda qoldirdi. Chunki ular ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda romantik fotosuratlari va videolarini joylashtira boshladi. Ayriliqdagi 17 yil ichida Lopes bir necha marta unashtirilgan va 2004 yildan 2014 yilgacha qo‘shiqchi Mark Entoni bilan turmush qurgan. Ularning ikkita umumiy farzandi bor. Bu Lopesning to‘rtinchi nikohi bo‘ladi. Afflek esa 2005 yilda aktrisa Djennifer Garnerga uylangan. Ammo 2018 yilda ajrashishgan. Ularning uchta farzandi bor.


