1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Jidda sammitida birinchi natija

Ishtirokchilar Ukraina mojarosini hal qilish yo‘llarini izlamoqda.

Jidda sammitida birinchi natija

 

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan sammit ishtirokchilari birinchi kungi maslahatlashuvlardan so‘ng ikki masala bo‘yicha kelishuvga erishdi.

 

Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha muzokaralarning barcha ishtirokchilari mamlakat hududiy yaxlitligi va suvereniteti hamda BMT Nizomining ustunligi hurmat qilinishi har qanday tinchlik bitimining asosi bo‘lishi kerak deb hisoblaydi.

 

Ishtirokchilar Kiyev taklif qilgan Ukrainadagi mojaroni hal qilish rejasini muhokama qilish uchun ishchi guruhlar tuzishga ham kelishib olgan.

 

Ayni paytda davlat rahbarlarining uchrashuvi vaqtini belgilash yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Uchrashuv yil oxirigacha bo‘lib o‘tishi mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика