Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Sudan armiyasi va harbiylashtirilgan Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar boshlanadi.
AQSh va Saudiya Arabistoni qo'shma bayonotda boshlangan muzokaralarni olqishlashdi va urushni bostirish uchun doimiy global yordamga chaqirishdi.
“Saudiya Arabistoni Qirolligi va Qo‘shma Shtatlar ikkala tomonni Sudan xalqi va uning manfaatlarini hisobga olishga hamda o‘t ochishni to‘xtatish va mojaroga barham berish bo‘yicha muzokaralarda faol ishtirok etishga chaqiradi”, — deyiladi bayonotda.
Sudanning amaldagi rahbari, muntazam armiyaga rahbarlik qilayotgan Abdulfattoh al-Burxon va uning o‘rinbosari hamda ularning raqibi Tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlariga (RSF) qo‘mondonlik qilgan Muhammad Hamdan Daglo o‘rtasidagi qariyb uch haftalik janglarda yuzlab odamlar halok bo‘ldi.
15-aprel kuni boshlangan janglardan buyon bir nechta sulhga erishildi, biroq hech kim unga rioya qilmadi.


