1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Jinoyat sodir etgan chet elliklarga Rossiyaga kirish umrbod taqiqlanishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, har qanday jinoyat uchun sudlangan chet el fuqarolari yashash uchun ruxsatnoma yoki Rossiya fuqaroligini ololmaydi.

Jinoyat sodir etgan chet elliklarga Rossiyaga kirish umrbod taqiqlanishi mumkin

 

Rossiyada sudlanganlik holati mavjud bo‘lgan chet el fuqarolari uchun migratsiya qoidalarini keskinlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Vedomosti nashri xabar berdi.

 

Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi hukumat komissiyasi tomonidan maʼqullandi. Taklif etilayotgan o‘zgarishlarga muvofiq, olib tashlanmagan yoki bekor qilinmagan sudlanganlik yozuviga ega bo‘lgan chet elliklar yashash uchun ruxsatnoma yoki Rossiya fuqaroligini ololmaydi.

 

Endilikda nafaqat og‘ir yoki qasddan sodir etilgan jinoyatlar, balki har qanday jinoyat uchun sudlanganlik avtomatik ravishda rad etish asosiga aylanadi.

 

Huquqshunoslar yangi qoidalarni Rossiyada joriy etilayotgan eng qatʼiy “migratsiya filtri” sifatida baholamoqda. Qayd etilishicha, mazkur choralar milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan asoslantirilmoqda. 2024 yilda migrantlar tomonidan sodir etilgan kichik va o‘rta darajadagi jinoyatlar soni deyarli ikki baravar oshgan.

 

Deputatlar og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan chet elliklar uchun Rossiyaga kirishni umrbod taqiqlashni, hatto sudlanganlik muddati olib tashlangan bo‘lsa ham, joriy etishni taklif qilmoqda. Tashabbus mualliflariga ko‘ra, bunday chora migrantlar orasida jinoyatchilikni kamaytirishga va Rossiya fuqarolarining huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика