1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Iqtisodiyot

Jizzax akkumulyator zavodining apellyatsiyasi qanoatlantirilmadi

Avvalroq Qrim sudi Jizzax akkumulyator zavodi qrimlik tadbirkor foydasiga 257,3 million rubl kompensatsiya to‘lashini belgilagandi.

Jizzax akkumulyator zavodining apellyatsiyasi qanoatlantirilmadi

 

Apellyasiya sudi Jizzax akkumulyator zavodi tomonidan qrimlik tadbirkor foydasiga 257,3 million rubl tovon puli undirilishi haqidagi qarorini o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda "Kommersant" xabar berdi. 

 

Ma’lumot uchun, zavod "KUCH" savdo belgisidan foydalangan holda Rossiyaga akkumulyatorlar eksport qilgan. Rossiyada bu savdo belgisi tadbirkor Artem Paliychukka tegishli.

 

U sudga murojaat qilib, "KUCH" savdo belgisidan noqonuniy tarzda foydalanib kelayotganini iddao qiladi va uning foydasiga Jizzaxdagi zavoddan 257,3 million rubl tovon undirib berishni so‘ragan. Qrim sudi da’voni qanoatlantirgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика