Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining xabar berishicha, Jizzax viloyatida taʼlim sohasini yana-da rivojlantirish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Jizzax viloyatini respublika bo‘yicha namunali hududga aylantirish bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdi.
Jumladan:
-
viloyatning har bir tumanida 1 tadan, jami 13 ta tumanda ikkinchi til va kasbga o‘rgatishni joriy etish,
-
maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etishga ehtiyoj mavjud bo‘lgan hududlarda xususiy sektorni jalb qilgan holda bog‘chalar tashkil etish,
-
maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari taʼlimni sifatli tashkil etish,
-
Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini viloyatdagi umumtaʼlim maktablariga olib kirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Qayd etilishicha, bunda Jizzax shahri, Sharof Rashidov, G‘allaorol, Zarbdor, Paxtakor, Baxmal tumanlarining 9 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) taʼlim jarayonlari joriy etiladi.


