1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda 500 dan ortiq baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Oqibatda hayvonot dunyosiga 180 millionga yaqin zarar yetgan

Jizzaxda 500 dan ortiq baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Аydar-Аrnasoy ko‘llar tizimi bo‘limi davlat inspektorlari hamda Jizzax viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan nazorat reyd tadbiri davomida Аydar-Аrnasoy ko‘llar tizimi, Аrnasoy bo‘limi hududida Toshkent viloyati, Chinoz tumani, “Oqoltin” MFYda yashovchi fuqaro T. B. tomonidan noqonuniy baliq ovlangani aniqlandi.

 

Tekshiruv davomida T. B. boshqaruvidagi avtotransport vositasida ovlash taqiqlangan kichik o‘lchamdagi jami 541 ta (113,5 kg) oqsila (sudak) baliqlari topildi.

 

O‘rganish natijasida hayvonot dunyosiga jami 178 million 530 ming soʼm miqdorida zarar keltirilganligi aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика