1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda 60 yoshli og‘ufurush ushlandi

Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jizzaxda 60 yoshli og‘ufurush ushlandi

 

Sharof Rashidov tumanida yashovchi 60 yoshli M.B. shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga bir dona gugurt qutisiga solingan yashil rangli o‘ziga xos o‘tkir hidli o‘simlik moddasini 600.000 so‘m pul evaziga o‘tkazayotgan vaqtida Jizzaxda viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

 

Fuqaro M.B. tintuv qilinganda uning egnida bo‘lgan qora rangli nimchasining chap cho‘ntagidan daftar qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, yashil rangli, o‘tkir hidli, quritilgan o‘simlik mavjudligi aniqlanib, o‘simliklar tekshirib ko‘rishlik uchun tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

 

Gugurt qutisi hamda bir dona daftar qog‘oziga o‘ralgan yashil rangli o‘ziga xos o‘tkir hidli o‘simlik moddalari kimyoviy ekspertiza tomonidan tekshirilganida tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu modda “MARIXUANA” ekanligi va ularning sof og‘irligi 2.43 grammga teng ekanligi aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan M.B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Munojat Valiyeva

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика