1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Jizzaxda avtobus yo‘l tozalovchi mashina bilan to‘qnashdi

Hodisa oqibatida yo'lovchilarga jiddiy jarohat yetmagan.

Jizzaxda avtobus yo‘l tozalovchi mashina bilan to‘qnashdi

 

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus va yo‘llarni tozalovchi maxsus transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Qayd etilishicha, holat 30-yanvar kuni soat 13:30 atrofida viloyat hududidan o‘tuvchi M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 1000 kilometrida sodir bo‘lgan.

 

Samarqanddan Toshkent tomon harakatlanayotgan yo‘lovchi tashuvchi avtobus o‘zidan oldindagi ketayotgan yo‘llarni tozalovchi maxsus transport vositasining orqasidan borib urgan.

 

"Ko‘rganimdayoq o‘ngga burildim. Bo‘lgan ish shu. Tezligim 70−80 edi chamasi", — dedi avtobus haydovchisi. Hodisa oqibatida haydovchilarga ham, avtobus yo‘lovchilariga ham jiddiy jarohat yetmagan. Faqat uch nafar fuqaroga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика