1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda bank xodimi kredit qarzdorligi uchun to‘langan pullarni talon-taroj qildi

Bank xodimi boshqa bir fuqaroning nomiga kredit olib o‘zlashtirib yuborgan hamda kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun qabul qilingan pullarni kassaga topshirmasdan ishlatib yuborgan

Jizzaxda bank xodimi kredit qarzdorligi uchun to‘langan pullarni talon-taroj qildi

 

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, Jizzax viloyati Yangiobod tumanida mijozlarning kredit qarzdorligi uchun to‘langan pullarni o‘zlashtirgan sobiq yetakchi mutaxassis aniqlandi.

 

Qayd etilishicha, ATB “Qishloq qurilish bank” Yangiobod filialining kreditlash bo‘limi sobiq yetakchi mutaxassisi N.Q. fuqaro M.B.ning nomiga 20 million so‘m kredit olib o‘zlashtirgani, shuningdek, bank mijozlari SH.N. va M.O.dan kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun qabul qilgan jami 61,4 million so‘m naqd pullarini bank kassasiga topshirmasdan talon-toroj qilgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика