1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda bog‘cha direktori tunda o‘ldirib ketildi

Jinoyat uning mahalladoshi tomonidan sodir etilgan.

Jizzaxda bog‘cha direktori tunda o‘ldirib ketildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanida bog‘cha direktori pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB maʼlumot berdi.

 

Aniqlanishicha, 5 avgust kuni soat 02:30 da Forish tumani Do‘stlik mahallasida yashagan 1975 yilda tug‘ilgan A.X. Forish tumani tibbiyot birlashmasiga tan jarohatlari bilan olib kelingan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan uning biologik o‘limi qayd etilgan.

 

Olib borilgan tezkor surishtiruv jarayonida A.X.ga 5 avgust kuni soat 00:30 da uning mahalladoshi — 1989 yilda tug‘ilgan O.A. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida oshxona pichog‘i bilan tana qismiga ikki marta zarba berganligi aniqlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan Forish tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3- qismi “D” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat sodir etishda gumonlangan shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика