1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda choyxonalardan biri yonib ketdi

Hozirda yong‘in bartaraf etilmoqda.

Jizzaxda choyxonalardan biri yonib ketdi

Bugun, 17 may куни Jizzax shahar “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 13:39 da qurshab olingan.

 

Yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda. Olib borilayotgan saʼy-harakatlar natijasida yong‘in maydoni qisqarib bormoqda.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahardagi bozorda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida noto‘g‘ri xabarlar tarqalmoqda. Aslida yong‘in bozor yaqinidagi oshxonada ro‘y bergan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика