1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda Cobalt va Lacetti to‘qnashishi oqibatida haydovchilar vafot etdi

Shuningdek, 3 nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan

Jizzaxda Cobalt va Lacetti to‘qnashishi oqibatida haydovchilar vafot etdi

 

Jizzax viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 15-iyul kuni soat 06:45 larda, Sharof Rashidov tumanida1988-yilda tug‘ilgan haydovchi Lacettini boshqarib borayotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobaltning yo‘liga chiqib ketishi oqibatida to‘qnashib YTH sodir qilgan.

 

Oqibatda Lacetti va Cobalt haydovchilari og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu transport vositalarida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchilar ham og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sh.Rashidov tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика