1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Jizzaxda farzandini sotmoqchi boʻlgan ota-ona qamaldi

Ular farzandini 3 million soʻmga sotmoqchi bo'lgan.

Jizzaxda farzandini sotmoqchi boʻlgan ota-ona qamaldi

 

Jizzaxda 3 yoshli farzandini sotmoqchi boʻlgan ota-ona ushlandi. Aniqlanishicha, fuqaro oʻzining sharʼiy nikohidagi turmush oʻrtogʻi bilan jinoiy til biriktirib voyaga yetmagan 2021-yilda tugʻilgan farzandini 3 million soʻm evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

 

Jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudida sudlanuvchi er-xotinga nisbatan sud hukmi oʻqildi.

 

Unga koʻra, sudlanuvchi erkak JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sudlanuvchi ayolga esa JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan JKning 57-moddasi qoʻllanilib 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика