1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda harbiy xizmatdagi yigit vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv boshlangan.

Jizzaxda harbiy xizmatdagi yigit vafot etdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida muddatli harbiy xizmatchining vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Milliy gvardiya axborot xizmati munosabat bildirdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasida muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelayotgan oddiy askar T.O. joriy yilning 6 iyun kuni tibbiyot bo‘limi felshderiga oshqozonida og‘riq borligi bilan murojaat qilgan.  

 

Boshqarma tibbiyot bo‘limi boshlig‘i tomonidan oddiy askar T.O .7 iyun kuni   Samarqand harbiy gospitaliga  olib  borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va  mutaxassis-terapevt vrachning “Surunkali gastroduodinit qo‘zish davri” tashxisi bilan  terapiya bo‘limiga stansionar davolanish uchun yotqizilgan.

 

Joriy yilning 15 iyun kuni soat 14:00 da muddatli harbiy xizmatchi T.O.ning sog‘lig‘i yomonlashib, Samarqand harbiy gospitalida  vafot etgan.

 

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, T.O.da “O‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi” sababli to‘satdan o‘lim holati qayd etilgan.

 

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Samarqand viloyati Harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика