1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda IIB xodimi bedarak yo‘qoldi

Unga nisbatan firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jizzaxda IIB xodimi bedarak yo‘qoldi

Ijtimoiy tarmoqla Jizzax viloyatining Zafarobod tumani IIB PPX va JTSB xodimi Mamayusuf Rahmatullayev bedarak yo‘qolgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur maʼlumotni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Zamon.uz'ga tasdiqladi.

 

Uning bildirishicha, Mamayusuf Rahmatullayev 27 oktyabr kuni ertalab ishga ketgan. U shundan keyin yashash uyiga qaytmagan. Xodimning qayerga ketgani hozircha maʼlum emas. Olib borilayotgan qidiruv ishlariga qaramay u hamon topilmagan.

 

Mamayusuf Rahmatullayevga nisbatan Zafarobod tumani prokuraturasi tomonidan 2025 yil 19 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика