Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida 4 yanvarga o‘tar kechasi ikkita yong‘in sodir bo‘ldi.
Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
3 yanvar kuni tungi soat 23:33 larda Jizzax shahar “Madaniyat” mahallasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga shahar FVBning 2 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yuborilgan.
Qutqaruvchilar aytilgan manzilga soat 23:38 da yetib borgan va yong‘in soat 00:02 da batamom o‘chirilgan.Yong‘in natijasida xonadonning 30 kvadrat metr maydonda tom-shift qismi yonib zararlangan. Jabrlanganlar yo‘q.
Dastlabki surishtiruv natijalariga ko‘ra, elektr simlarining qisqa tutashuvi yong‘inga sabab bo‘lgan. Ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Bundan tashqari, 4 yanvar kuni soat 00:30 larda Baxmal tumani “Fayzobod” MFYda joylashgan xonadonlarning biridan yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida 101 qisqa raqami orqali xabar kelib tushgan.
Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 00:45 da batamom o‘chirilgan va 42 kvadrat metr maydondagi moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida fuqarolarni yong‘in xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketgani hamda ushbu viloyatda uy og‘ilxonasida yong‘in chiqib, 300 dona presslangan somon yonib ketgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


