1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda kameradagi nosozlik sabab haydovchiga jarima qo‘llandi

Holat bo‘yicha rasmiylar izoh berdi.

Jizzaxda kameradagi nosozlik sabab haydovchiga jarima qo‘llandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahrida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi kamera texnik nosozlik sabab Nexia avtomobiliga jarima qo‘llagani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga viloyat IIB YHXB munosabat bildirdi.

 

Jizzax shahar I.Karimov shohko‘chasidagi chorrahada “Mikroyo‘l” MCHJ tomonidan o‘rnatilgan kamera Nexia rusumli transport vositasi eng yuqori harakatlanish tezligi 60 km bo‘lgan joyda 157 km tezlikda harakatlanganligi holatini qoidabuzarlik sifatida qayd etgan.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, qoidabuzarliklarni qayd etish uchun mo‘ljallangan kamera ayrim texnik sabablarga ko‘ra transport vositasining harakatlanish tezligini noto‘g‘ri qayd etgan. Ushbu qoidabuzarlik bo‘yicha chiqarilgan qarorni bekor qilishi yuzasidan “Mikroyo‘l” MCHJ tomonidan xat taqdim etilgan va Jizzax viloyati IIB JXX YHXB tomonidan ushbu qoidabuzarlik yuzasidan chiqarilgan qaror bekor qilingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика