Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida chaqaloqning jasadi topilganligi haqidagi xabar yuzasidan viloyat prokuraturasi maʼlumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 21-iyun kuni Sharof Rashidov tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan o‘g‘il bola jinsiga mansub chaqaloqning jasadi topilgan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotida chaqaloq o‘lik holatda tug‘ilganligi maʼlum qilingan.
Hozirda Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan hodisaga aloqador bo‘lganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va boshqa holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan nazorat o‘rnatilgan, deyiladi rasmiy xabarda.