Qarzdor korxonaga tegishli ikki nafar avtomashina xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjudligi sud qarorlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, undiruvchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taqozo etadi.
Shu asosda Byuroning Jizzax shahar bo‘limiga sudning qarzdor korxona hisobidan soliq qarzdorligi hamda undiruvchilar foydasiga mablag‘ undirish to‘g‘risidagi ijro varaqalari kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjatlari asosida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdor korxonaga tegishli barcha ko‘chmas mulklar hamda avtotransport vositalariga nisbatan taqiq o‘rnatildi.
Ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida korxonaga tegishli “Nexia-2” va “Damas” rusumli avtotransport vositalari qarzdorlik evaziga xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.


