1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Jizzaxda MIB aralashuvi bilan yana bir oila yarashtirildi

Oila hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini taminlaydigan, urf-odatlar sayqal topadigan, kelajak avlod kamolotiga bevosita taʼsir ko‘rsatadigan tarbiya maskanidir. Lekin ayrim oilalarda asosli va asossiz sabablar bilan ajrimlar kuzatilib turadi. Natijada aliment qarzdorliklari ko‘payish holati kelib chiqadi.

Jizzaxda MIB aralashuvi bilan yana bir oila yarashtirildi

 

 

Jizzax shahar Majburiy ijro byurosining Zamon.uz'ga taqdim etgan maʼlumotlariga ko‘ra, viloyatda nafaqat aliment undirish bilan bog‘liq ijro ishlari ko‘rib chiqilayotgani, balki nizoli oilalarni yarashtirish choralari ham ko‘rilmoqda.

 

Qayd etilishicha, oilalar o‘rtasida kuzatilayotgan ajrimlarning oldini olish va undirilishi kerak bo‘lgan aliment qarzdorliklari kabi masalalar yuzasidan Byuroning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgan.

 

Xususan, Jizzax shahrida yashovchi S.Xoliqov va I. Xoliqova ancha yillar baxtli oila bo‘lib yashashgan. Keyinchalik ayrim sabablar natijasida o‘zaro kelishmovchiliklar kelib chiqib, 1 yil mobaynida birga yashashmagan hamda oila ajrim yoqasiga kelib qolgan. Byuroning Jizzax shahar bo‘limi davlat ijrochisi D. Ibragimovaning aralashuvi bilan esa ushbu oila murosaga kelishiga erishildi.

 

Hozirda ushbu oila bir nafar farzandi bilan tinch-totuv yashamoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ajrimga qanday holatlar sabab bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

 

 

Ozoda Choriyeva tayyorladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика