1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda ona o‘g‘lining o‘rniga aliment to‘ladi

Ota majburiyatini bajarmasdan, 15 mln qarzdor bo‘lgan.

Jizzaxda ona o‘g‘lining o‘rniga aliment to‘ladi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida ona o‘g‘lining o‘rniga aliment to‘ladi. Bu haqida MIB axborot xizmati Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, S.A. voyaga yetmagan farzandining taʼminoti uchun sobiq turmush o‘rtog‘i M.O. foydasiga aliment to‘lashi kerak bo‘lgan. Biroq u bu majburiyatini bajarmasdan, natijada 15 million so‘m qarzdor bo‘lib qolgan.

 

Majburiy ijro byurosi Zomin tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida qarzdorning onasi tomonidan 15 million so‘m aliment puli to‘lab berilgan.

 

“O‘sha kuni Byuroning tuman bo‘limiga ikki ayol — ona va kelin bir vaqtda keldi: Ona o‘g‘lining qarzini to‘lash uchun, kelini esa o‘g‘liga aliment pulini olish uchun”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика