1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Joriy yil 1151 ta avtotransport vositasi jarima maydonchalariga joylashtirildi. Shundan 972 tasi qidiruvda bo‘lganligi aniqlangan.

Jizzaxda qidiruvdagi mashinalarga reyd boshlandi

Jizzax viloyatida qarzdorlik muammosiga qarshi kurash doirasida Majburiy ijro byurosi va viloyat IIB YHXB xodimlari hamkorlikda avtotransport vositalarini qidirish bo‘yicha reyd tadbirlarini amalga oshirmoqda. Reydlar Jizzax shahar va tumanlarining markaziy ko‘chalarida tashkil etilgan bo‘lib, ularda maxsus ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda.

 

Mazkur tadbirlarning natijalari ham ko‘zga tashlanmoqda. Yil boshidan buyon 1151 ta avtotransport vositasi jarima maydonchalariga joylashtirildi. Shundan 972 tasi qidiruvda bo‘lganligi aniqlangan.

 

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad - qarzdorlarning javobgarlikdan qochishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning mulki hisobidan qarzdorliklarni undirish va qonun ustuvorligini taʼminlashdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика