Jizzax viloyatining Baxmal tumanida "Tashabbusli budjet" doirasida qurilgan sun’iy qoplamali stadion foydalanishga topshirilgandan atigi 14 kun o‘tib qulab tushdi.
Ushbu loyiha 2024-yilning birinchi mavsumida g‘olib deb topilgan bo‘lib, uni "Suv inshoot qurilish loyiha" MCHJ amalga oshirgan.
Mahalliy manbalarga ko‘ra, faollar ushbu stadion g‘olib bo‘lishi uchun shaxsiy mablag‘laridan 160 million so‘m sarflagan. Biroq qurilish sifati past yoki nazorat yetarli darajada olib borilmagani sababli inshoot qisqa muddat ichida nosoz holga kelgan.
Ushbu holat jamoatchilik orasida muhokamalarga sabab bo‘lib, loyihaning shaffofligi va qurilish sifati bo‘yicha ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda.


