1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Jizzaxda talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Jizzax viloyatida pandemiya sharoitida talabi yuqori bo‘lgan dori vositalarining noqonuniy oldi-sotdisining oldi olindi.

Jizzaxda talab yuqori bo‘lgan dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

 

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R.F. pandemiya sharoitida aholining isteʼmol talabi yuqori bo‘lgan dori vositalarini qimmat narxga sotayotgan vaqtda qo‘lgan olingan.

 

R.F. dori vositalarini sotish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro X.ga xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 206 dona “Remdesivir” dori vositasining har bir qutisini 680 ming so‘mdan hisoblab, jami 140 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan. Fuqarodan umumiy bahosi 179,3 million so‘mlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ohangaronda va Zangiotada talabi yuqori bo‘lgan dori vositalarini sotayotgan shaxslar qo‘lgan olingani haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика