Bugungi kunda qarz olish-berish masalasi juda nozik holatga aylanib qoldi. Sababi, ishonib pul berasan, ammo qaytarish vaqti kelganda qarzdor turli bahonalar bilan javobgarlikdan qochadi.
G‘allaorol tumanida ham shunday holat kuzatildi. Tanishining vaʼdalariga ishonib, 87 million so‘m pul bergan fuqaroning so‘nggi umidi Majburiy ijro byurosi bo‘ldi.
Sudning fuqaro M.Q. hisobidan undiruvchi foydasiga jami 87 million so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro varaqalari Majburiy ijro byurosining G‘allaorol tumani bo‘limiga kelib tushdi. Mazkur ijro hujjatlari asosida davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atildi.
Majburiy ijro harakatlari davomida fuqaro M.Q.dan naqd 35 million so‘m qarz undirilib, undiruvchiga topshirildi. Qolgan qarzdorlik yuzasidan ijro harakatlari hozirda davom ettirilmoqda.


