1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda Telegram orqali ekstremistik materiallar tarqatgan OTM talabasi va sherigi qo‘lga olindi

Ular Telegram messenjeri orqali guruh tashkil etgan bo'lib, virtual jamoaga 18 nafarga yaqin shaxs jalb qilingan.

Jizzaxda Telegram orqali ekstremistik materiallar tarqatgan OTM talabasi va sherigi qo‘lga olindi

 

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida diniy ekstremistik oqimlar va xalqaro terrorchilik tashkilotlari g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Aniqlanishicha, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil olayotgan, G‘allaorol tumani Jiydali mahallasida yashovchi 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro hamda ushbu tumanning Oqtosh mahallasida istiqomat qiluvchi 2002-yilda tug‘ilgan shaxs Telegram messenjeri orqali guruh tashkil etgan.

 

Mazkur guruh orqali ular diniy ekstremistik oqimlar va xalqaro terrorchilik tashkilotlariga oid, O‘zbekiston Respublikasida qonun bilan taqiqlangan audio va video materiallarni tarqatib kelgan. Natijada G‘allaorol tumanining Jiydali, G‘obdun, Lalmikor, Navro‘z, Navbahor, Xo‘jakabut va Yashnobod mahallalarida yashovchi 18 nafarga yaqin shaxs jalb etilgan virtual jamoa shakllantirilgan.

 

Olib borilgan tadbirlar yakunida mazkur ikki nafar shaxs protsessual tartibda ushlandi va ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244¹-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shuningdek, 9 nafar shaxs ma’muriy qamoqqa olindi.

 

Yana 7 nafar fuqaro bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga amaldagi qonunchilik talablari hamda bunday harakatlarning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика