1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda yo‘qolgan IIB xodimi Bo‘stonliqdan topildi

Ayni paytda u firibgarlikda gumonlanmoqda.

Jizzaxda yo‘qolgan IIB xodimi Bo‘stonliqdan topildi

Joriy yilning 27 oktyabr kuni uyidan chiqib ketib, uyiga qaytmagan Zafarobod tumani IIB xodimi M.R topildi. U Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashirinib yurgani aniqlanib, qo‘lga olingan.

 

1991 yilda tug‘ilgan Rahmatullayev Zafarobod tumani IIB PPX va JTSB xodimi bo‘lgan. U 6 dekabrdan beri qidiruvda edi.

 

Eslatib o‘tamiz, unga nisbatan 2025 yil 19 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Firibgarlik holatining tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика