Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan jami 11 ta ijro hujjati bo‘yicha 20 million so‘mdan ortiq qarzdorlik undiruvi Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi hududiy bo‘limlari ish yurituviga kelib tushgan.
Qarzdor A.A. bir necha bor ogohlantirilganiga qaramasdan, qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lamagan hamda o‘ziga tegishli avtomashinani xatlashdan yashirib kelgan. Shu sababli mazkur mulkka nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Qidiruvdan xabardor bo‘lgan qarzdor avtomashinani yashirib, o‘zi esa ishlash maqsadida Toshkent shahriga jo‘nab ketgan.
Ijro harakatlari davomida avtomashina Do‘stlik tumanida, qarzdorning qo‘shnisiga tegishli uyda yashirilgan holda aniqlandi.
Endilikda ushbu avtotransport vositasi auksion savdolari orqali sotilishi, tushgan mablag‘ esa qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirilishi belgilangan.


