1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jizzaxda yuk mashinasi tirkamasi qo‘porilib ketdi

Holat bo‘yicha YHXB maʼlumot berdi.

Jizzaxda yuk mashinasi tirkamasi qo‘porilib ketdi

 

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 18 iyun kuni yuk avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.

 

Holat soat 15:30 larda Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan M39 avtomobil yo‘lining 1010 kilometrida yuz bergan. Toshkent shahrida yashovchi haydovchi CHACMAN / L3000 rusumli yuk avtomashinasini Samarqand–Toshkent yo‘nalishining dovon qismida harakatlanib ketayotgan vaqtida  avtomashinaga ulangan uzun o‘lchamli yuklarni tashishga mo‘ljallangan yarimtirkama uzilib ketgan.

 

Shundan so‘ng ushbu yarimtirkama yo‘lning dovon qismidan pastga qarab yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqlarga sidirilib 400-500 metr masofagacha harakatlanib to‘xtagan.

 

Surishtiruv davomida ushbu yarimtirkama yuk avtomashinasiga ulanadigan qismidan qo‘porilib ketganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Ushbu hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan va yo‘lovchi avtomashinalarga ham shikast yetmagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика