
«Men uchun 11 sentyabr — katta saboq. Uning mohiyati shundan iboratki, eng ojiz damlarda, Amerika ruhi uchun kurashda birlik bizning eng ulkan kuchimiz bo‘ldi. Birlik hammamiz yagona narsaga ishonishimiz kerakligini anglatmaydi. Biz bir-birimizga va ushbu millatga nisbatan hurmat va ishonchda bo‘lishimiz lozim», — dedi Oq uy rahbari.

Uning taʼkidlashicha, «inson tabiatining qora kuchlari — qo‘rquv va g‘azab, nafrat va zo‘ravonlik Amerika birligiga putur yetkaza olmadi».
Avvalroq AQSHda sodir etilgan 11 sentyabr teraktlariga 20 yil to‘lgani haqida aytilgandi.


