1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Jo Baydenning uyidan yana maxfiy hujjatlar topildi

FQB prezidentning uyida 13 soat tintuv o‘tkazgan.

Jo Baydenning uyidan yana maxfiy hujjatlar topildi

 

AQSH prezidenti Jo Baydenning Delaver shtatidagi uyida FQB tergovchilari yangi maxfiy hujjatlarni topdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

13 soat davom etgan tintuv paytida AQSH Adliya vazirligi “maxfiy” deb belgilangan oltita hujjat va tegishli materiallarni topgan.

 

Topilgan hujjatlar Baydenning Senatdagi va vitse-prezidentlik faoliyatiga tegishli. Tergovchilar, shuningdek, Baydenning o‘sha paytdagi shaxsiy qo‘lyozma yozuvlarini qo‘shimcha o‘rganish uchun tortib olishdi.

 

CNN telekanalining xabar berishicha, FQB AQSH prezidentining uyiga uning advokatlari roziligi va ularning ishtirokida reyd o‘tkazgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика