Britaniya Saudiya Arabistoni bilan savdo aloqalari va mudofaa sohasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqchi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
"U (bosh vazir( dunyo tartibotida fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini taʼkidlagan... Bu SA Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish va energetik xavfsizlikni kuchaytirish uchun birgalikda harakat qilishni taqozo etadi.
Bosh vazir va valiahd shahzoda (Muhammad bin Salmon) energetika bozoridagi barqarorlikni saqlab qolish uchun hamkorlik qilishga va qayta tiklanadigvn energiya manbalariga o‘tishni davom ettirishga kelishib oldi", deyiladi Buyuk Britaniya hukumati devoni tarqatgan bayonotda.
Shuningdek, Jonson va Muhammad bin Salmon mudofaa, xavfsizlik, savdo va madaniyat sohalarida hamkorlikni kuchaytirilishini maʼlum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boris Jonson Saudiyaga borib, neft qazib olish masalasini muhokama qilmoqchi ekani to‘g‘risida xabar berilgandi.


