15-avgust kuni poytaxtimizda joylashgan Turkiston san’at saroyida respublika miqyosida Musiqa va san’at maktablari, Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda Maktab-internatlari uchun ilk marotaba kengaytirilgan avgust kengashining Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda 800 nafarga yaqin soha vakillari ishtirok etdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Yuliya Risyukova, vazirlik huzuridagi Madaniyat ta’limi markazi direktori Alisher Djamaldinov, oliy ta’lim muassasalari professor o’qituvchilari hamda respublikaning barcha hududlaridan kelgan soha mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbirda viloyatlararo bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari o’qituvchi va direktorlari o’z takliflarini bildirdi. Ya’ni bunda musiqa maktabi o’qituvchisi tomonidan: viloyatlarda joylashgan musiqa va sa’nat maktablarida soxa mutaxassisi yetishmasligi hamda bunga chora ko’rilishi taklifi berildi. Ayni paytda viloyatlararo musiqa maktablarining 213 nafar bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash choralari ko’rilmoqda.
Joriy yilda yurtboshimiz tomonidan musiqa xodimlarini ko’paytirish maqsadida Qashqadaryo viloyati Ko’kdala tumanida yangi musiqa maktabi tashkil etildi va tuman aholisi o’z minnatdorligini bildirib o’tgan edi.
Seminar davomida yangi o’quv yilida mazkur takliflar kiritilishi bildirib o’tildi:
2026-yilda Musiqa maktablari o’rtasida fan olimpiyadasi bo’lib o’tishi rejalashtirilgan bo’lib olimpiyada yuzasidan Aziz Bahodirovichga taklif berilgan. Bu taklif esa inobatga olinganligi haqida tadbirda aytib o’tildi. Tadbirda so’zga chiqqan Sherzod Sharipov: Endilikda ijodiy atmosferani yaratish maqsadida ota-onalar bilan birga mahorat darslari tashkil etilishi va ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida tanlovlar o’tkazib borilishi haqida aytib o’tdi. Seminar davomida joriy o’quv yilida Muhriddin Holiyoqubov nomidagi respublika tanlovi o’tkazilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek Sherzod Sharipov qayta tayyorlov kurslari tashkil etilishi haqida o’z taklifini bildirib o’tdi, hamda endilikda ansambl va orkestr faoliyatiga muhim e’tibor qaratilishi haqida aytib o’tildi. Tadbir yakunida sohada uzoq yillar samarali mehnat faoliyatini olib borgan pedagog xodimlarga estalik sovg’alar topshirildi.


