1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari yagona badal asosida pensiya olishlari mumkin bo‘ladi

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti bo‘yicha bitim loyihasi kelishib olindi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari yagona badal asosida pensiya olishlari mumkin bo‘ladi

Toshkentda O‘zbekiston Pensiya jamg‘armasi rahbariyati va Qirg‘iziston Ijtimoiy jamg‘armasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat pensiya ta’minoti tizimlari, amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 

Uchrashuv yakunida davlat ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi bitim hamda uni amalga oshirish bo‘yicha ma’muriy kelishuv loyihalari bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu bitimga ko‘ra, fuqarolar pensiyalarni tayinlashda sug‘urta stajini jamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Shuningdek, pensiyalar yashash mamlakatidan qat’i nazar to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lab berilishi va yetkazib berish xarajatlari ushlab qolinmasligi belgilandi. Bundan tashqari, xizmat safarlariga yuborish va ularning muddatlarini uzaytirishda ikki tomonlama ajratmalardan qochish imkoniyati yaratiladi.

 

Bitimning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari uchun pensiya sohasida teng huquqlarni ta’minlash hamda sug‘urta badallarini ikki marta to‘lash amaliyotini istisno etishdan iborat.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика