1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Joriy yilda 7 ta elektr stansiyasi ishga tushiriladi

Ularning umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lishi aytilmoqda.

Joriy yilda 7 ta elektr stansiyasi ishga tushiriladi

 

Energetika vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, joriy yil yakuniga qadar yurtimizda umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lgan 7 ta elektr stansiya (1 ta IES, 1 ta shamol, 3 ta quyosh va 2 ta GES) ishga tushirilishi (yagona elektr tarmog‘iga ulanishi) rejalashtirilgan. Xususan:

 

  • Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt bo‘lgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;
     
  • Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi;
     
  • Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida quvvati 457 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi;
     
  • Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi;
     
  • Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
     
  • Ahamiyatlisi, ushbu elektr stansiyalar xorijiy kompaniyalar tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda.
     
  • Samarqand viloyatida umumiy quvvati 13,6 MVt bo‘lgan 2 ta gidroelektr stansiya ishga tushiriladi. Shuningdek, To‘palang GES modernizatsiya qilinadi va uning quvvati amaldagi 30 MVtdan 175 (+145) MVtga oshiriladi.

 

Maʼlumot uchun, 2022-yilda umumiy quvvati 1 474 MVt bo‘lgan 7 ta yangi elektr stansiya ishga tushirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика