2022-yilning yanar-oktyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 40 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida MDH davlatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2021 yilning mos davriga nisbatan 3,2 foizga oshib, boshqa xorijiy davlatlar ulushi esa mos ravishda 3,2 foizga kamaydi, 60 foizni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022-yil yanvar-noyabr holatiga ko‘ra 28 foizga o‘sib, 18 milliard dollarni tashkil etdi. Shundan eksport – 46,2 foizga o‘sib, 7,1 milliard dollar, import esa – 18,4 foizga o‘sib, 10,9 milliard dollar qiymatida qayd etildi.
MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya Federatsiyasi (46,3%), Qozog‘iston (23,3%) hamda Qirg‘iz Respublikasi (6,2%) davlatlari bilan qayd etildi.