Markaziy bank maʼlumotiga ko‘ra, joriy yilning mart oyida tijorat banklari muammoli kreditlari qoldig‘ini 710 milliard so‘mga kamaytirishga erishgan. 1 aprel holatida NPL qoldig‘i 14 trillion 342 milliard so‘mni tashkil etgan. Jami kredit portfelidagi ulushi esa 3,5 foizga tushgan (o‘tgan oyda 3,8 foiz).
Muammoli kreditlarning kamayishi asosan Xalq banki, “O‘zmilliybank”, “O‘zcanoatqurilishbank”, Asakabank va Aloqabank hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shuningdek, jami kredit portfeli mart oyida 10,5 trillion so‘mga oshib (oylik o‘sish 2,6 foiz), 408,2 trillion so‘mni tashkil etgan.
Mart oyida Agrobank, “O‘zmilliybank”, Kapitalbank, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Hamkorbank”, Asakabank va Infinbank tomonidan faol kreditlash kuzatilgan.


