
Maʼlum bo‘lishicha, Omon Xaliliy oilasi bilan Pokistonga borgan. Pokiston orqali esa boshqa davlatga uchib ketgan. Hozirda uning qaysi mamlakatda ekanligi nomaʼlum.
Ammo baʼzi maʼlumotlarga ko‘ra, Xaliliyni evakuatsiya qilinishida AQSH rasmiylari yordam bermagan. Uni Afg‘onistondan Amerika sobiq harbiylari quruqlik orqali olib chiqib ketgan.
2008 yilda Jo Bayden AQSH vitse-prezidenti sifatida Afg‘onistonga kelgan. Ammo u uchgan samolyot mamlakatning maʼlum hududida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. Xaliliy o‘shanda o‘tish qiyin bo‘lgan yo‘llardan birinchi bo‘lib yordamga yetib kelgan.
Bundan avval “Tolibon” NATOni diplomatik tamoyillar asosida muloqot qilishga chaqirgandi. Shuningdek, harakat moliyaviy manbalari haqida xabar berilgan edi.
Jahongir Qo'ziyev


