Rossiya va Yevropa xalqlari o‘rtasida ajralish bo‘lmasligi kerak. Bu haqda YеI bosh diplomati Jozep Borrel maʼlum qildi.
“Men yakdillikka erishish ustida ishlayman. Biz odamlar o‘rtasida, Rossiya jamiyati va Yevropa xalqlari o‘rtasida ajralish yuz berishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, – degan u YеI tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi oldidan.
Bugun Yevropa TIV rahbarlari Chexiyada yig‘iladi. Unda Rossiya fuqarolariga viza cheklovlarini o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqiladi. Ammo Yevroittifoq davlatlarida bu bo‘yicha yakdil pozitsiya mavjud emas.
Masalan, Boltiq davlatlari, Polsha, Daniya kabi davlatlar cheklovlar o‘rnatilishi tarafdori. Ammo Fransiya, Germaniya, Lyuksemburg va Belgiya qatʼiy cheklovlar o‘rnatishga qarshiligi maʼlum qilingan.
Avvalroq Finlyandiya rossiyaliklarga viza berishni qisqartirgandi.


