1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

JSST jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi

Agar G'azoga tez orada yordam berilmasa, hududdagi vaziyat butunlay nazorat qilib bo‘lmaydigan holga keladi.

JSST jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi

 

Atigi 24 soat ichida G'azoga gumanitar yordam yetkazilmasa, hududdagi vaziyat butunlay nazorat qilib bo‘lmaydigan holga keladi. Yoqilg'i va suv ta'minoti 24 soat uchun yetarli xolos, undan keyin haqiqiy falokat sodir bo'ladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mintaqaviy rahbari Ahmad al-Mandhari ma’lum qildi

 

Uning ogohlantirishicha, agar G'azoga tez orada yordam berilmasa, shifokorlar bemorlar uchun o'lim guvohnomalarini tayyorlashi kerakligidan ogohlantirilgan. Hududdagi shifoxonalar qulash arafasida. JSST bergan xabarga ko‘ra, yoqilg'i va elektr quvvati bo'lmasa, shifokorlar "imkonsiz tanlov qilishga" va "kelayotgan bemorlarni saralashga" majbur bo'lishadi.

 

Mahalliy aholining aytishicha, hatto hojatxonaga borish, dush olish va kiyim yuvish kabi kundalik ishlar ham deyarli imkonsiz. Ular sho'r, tozalanmagan musluk suvini ichishga majbur. Ayrimlar dengiz yaqinida quduq qazishga kirishgan.

 

Bundan tashqari, G'azo ko'chalarida to'plangan chiqindi infeksiya va kasalliklar tarqalishiga zamin yaratmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика