JSST jismoniy faollik bo‘yicha hisobotini eʼlon qildi. Unga ko‘ra 2020-2030 yillarda kamharakatlik tufayli 500 million odam oldini olish mumkin bo‘lgan noyuqumli kasalliklarga chalinadi.
Tashkilot bu kasallikni davolashga 300 milliaard dollardan ko‘p pul sarflanishini taʼkidlagan. Kasallikning qariyb yarmi (47%) gipertoniya, 43%i esa depressiya sababli yuzaga keladi.
Barcha holatlarning 3/4 qismi daromad darajasi o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlarda kuzatiladi.
Shuningdek hisobotda COVID-19 pandemiyasi jismoniy faollikning kasalliklardan tuzalishga taʼsirini isbotlagani aytiladi.
Avvalroq JSST Yevropada koronavirusning yangi to‘lqini tarqalayotganini aytgandi.


