Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti so'nggi bir oy ichida dunyoda koronavirus bilan kasallanish holatlari 80 foizga oshganini ma'lum qildi. Ma'lumotlarga ko'rta, 10-iyuldan 6-avgustga qadar dunyoda 1,5 millionga yaqin odam koronavirus infeksiyasiga chalingan, 2,5 mingdan ortiq kishi esa vafot etgan.
Tashkilot mamlakatlarni kasallik haqida erta ogohlantirish tizimini qo'llashga va yuqori xavfli guruhlarni kuchaytiruvchi doza bilan emlashni ta'minlashga chaqirdi. Tashkilot vakillarining ta'kidlashicha, 5-may kuni e'lon qilingan favqulodda holat tugaganiga qaramay, Covid-19 haligacha "asosiy tahdid bo'lib qolmoqda".
Shuningdek, JSST koronavirus omikron shtammining yangi EG.5 “Eris” varianti dunyo bo‘ylab tez tarqalayotganini ma’lum qildi. O'zining o'sish afzalligi va immunitetdan qochish xususiyatlari tufayli EG.5 kasallanish darajasini oshirishi va ba'zi mamlakatlarda yoki hatto butun dunyoda dominant bo'lishi mumkin, deydi ekspertlar.


