OIV bilan kasallangan bolalarning faqatgina yarmi zarur muolaja olmoqda. COVID-19 pandemiyasi bu borada tengsizlikni kuchaytirdi va vaziyatni og‘irlashtirdi. Bu haqda JSST Rossiyadagi maxsus vakili Melita Vuynovich maʼlum qildi.
“Bolalar va qashshoq aholi OIV epidemiyasi qarshisida eng nozik qatlam hisoblanadi. Hozirgi kunda kasallikka chalingan bolalarning bor-yo‘g‘i 52 foizi muolaja olmoqda. Biz COVID-19 pandemiyasi tufayli OIVga qarshi kurash sekinlashgani haqida ko‘p gapiramiz. Ammo amalda COVID-19 paydo bo‘lguncha ham barcha aholi guruhlari OIVni aniqlash, profilaktika, muolaja va nazoratdan teng foydalana olmagan. Pandemiya davrida bu tengsizlik yana-da kuchaydi”, – degan u.
JSST vakili saqlanib qolayotgan iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlik muammosini tezda hal qilish kerak, aks holda vaziyat yana-da og‘irlashishi mumkin.
Vuynovich OIV va OITS ommaviy salomatlik uchun katta xavf bo‘lib qolayotganini taʼkidladi. U OITSni global tahdid sifatida yo‘q qilinishi mo‘ljallangan 2030 yilga 8 yil vaqt qolganini qayd etgan.


