Unga ko‘ra, endi “omikron” shtammining 2021-yil oxiri va 2022- yilning birinchi yarmida aniqlangan 6 ta varianti — BА.5.1, BА.5.2, BА.2.75, BQ.1, BJ.1 va BA.4.6 alohida nazorat qilib boriladi.
Hozir ushbu subversiyalar asosan AQSH (BА.4.6, BA.5.1 va BА.5.2), Hindiston (BJ.1va BА.2.75), Buyuk Britaniya (BA.5.1 va BА.5.2) va Nigeriyada (BQ.1) keng tarqalmoqda.
Maʼlumot o‘rnida, joriy yilning may oyida JSST tomonidan COVID-19‘ning monitoring ostidagi qator variantlari kuzatuvi to‘xtatilgan edi. Iyul oyida esa bu safdan “delta” shtammi chiqarib tashlandi.
Ayni paytga kelib esa faqat “omikron”ning yuqoridagi 6 mutatsiyasi nazorat ostida. Chunki dunyoda ushbu shtamm dominantga aylangan. U jami aniqlanayotgan koronavirus holatlarining 98 foizini tashkil etyapti.


