1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

JSST rahbari vaksinalar taqsimotidagi adolatsizlikka eʼtibor qaratdi

JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Covid-19 ga qarshi vaksinalarning noteng taqsimlanganiga eʼtibor qaratdi. U bu haqda Butunjahon liderlari forumida aytib o‘tgan.

JSST rahbari vaksinalar taqsimotidagi adolatsizlikka eʼtibor qaratdi

 

 

Gebreyesus hozirga qadar Yer shari aholisining uchdan biri to‘liq emlanganini va umumiy hisobda 6 milliard doza vaksina qo‘llanganini maʼlum qildi. Shu bilan birga vaksinaning 75 foizini yuqori darajadagi daromadli davlatlar aholisi olgani taʼkidlandi. Qashshoq davlatlar esa butun jahondagi vaksinalarning 0.5 foizini qo‘lga kiritgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, butun Afrika qitʼasida bor yo‘g‘i 4 foiz aholi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

 

Gebreyesus JSSTning asosiy maqsadini eslatib o‘tdi. Unga ko‘ra, tashkilot 2021-yil oxiriga qadar sayyoraning 40 foiz aholisini, 2022-yil oxirigacha esa 70 foiz aholisini to‘liq vaksinatsiyadan o‘tkazmoqchi. Buning uchun jarayonga vaksinalarning global miqyosda yetkazib beradigan kompaniyalar va davlatlar o‘z hissasini qo‘shishi kerak.

 

Avvalroq JSST koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha yangi tekshiruv o‘tkazmoqchi ekani hamda Uxan laboratoriyasida 2018-yildayoq virus bilan bog‘liq sinovlar o‘tkazilgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика