Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xodimlari Suriyaga 30 tonnadan ortiq dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berdi. Bu haqda hududga tashrif buyurgan tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus maʼlum qildi.
“Biz 35-37 tonnaga yaqin dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar olib keldik. Gap, xususan, antibiotiklar, shifoxonalarda kichik jarrohlik operatsiyalari uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar haqida ketmoqda”, — deydi Gebreyesus.
U yaqin ikki kun ichida JSST Suriyaga yana 30 tonna tibbiy buyumlar va asbob-uskunalar yetkazib berishini vaʼda qildi. Damashqning qayd etishicha, Suriyaga yordam ko‘rsatish jarayoni G‘arb tomonidan mamlakatga qarshi joriy qilingan sanksiyalar tufayli murakkablashmoqda.


