1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

JSST virusli kasalliklar avj olishidan ogohlantirdi

Mutaxassislarning fikricha, yangi kasalliklarning barchasi odamlarga chivinlar chaqishi orqali yuqishi kuzatiladi.

JSST virusli kasalliklar avj olishidan ogohlantirdi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2023-2024 yillarda virusli tropik kasalliklar avj olishini prognoz qilib, allaqachon bu xavfga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

 

Jumladan, JSST rahbari Tedros Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, denge va chikungunya isitmalari hamda Zika virusi bilan kasallanish holatlari ko‘payishi kutilmoqda. Bu xastaliklarning barchasi odamlarga chivinlar chaqishi orqali yuqishi kuzatiladi.

 

"So‘nggi o‘n yillikda dunyo bo‘ylab denge isitmasiga chalinish holatlari keskin oshdi. Ayniqsa Shimoliy va Janubiy Amerikada o‘tgan yili 2,8 million holat qayd etilgan va bemorlardan 1280 nafari hayotdan ko‘z yumgan", — deydi Tedros.

 

Mutaxassislar virusli kasalliklarning avj olishiga havo haroratining ko‘tarilishini sabab qilib ko‘rsatishgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика