Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoy hukumatini koronavirusning yangi to‘lqini haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishdan bosh tortmaslikka chaqirdi. Bunday bayonot koronavirusdan vafot etganlar sonining rasmiy soni aniqlangandan keyin qilingan. Ushbu maʼlumotlarga ko‘ra, dekabr oyidan beri 5,5 mingdan ortiq odam COVID-19 tufayli kelib chiqqan nafas olish muammolaridan vafot etgan. Yana 55 mingga yaqin kishi koronavirus infeksiyasi bilan kechgan turli kasalliklardan vafot etdi.
Shu bilan birga, Xitoy epidemiyaning navbatdagi cho‘qqisi tugaganini, yangi ro‘yxatga olingan bemorlarning soni dekabr oyining oxiriga nisbatan 83 foizga kamayganini aytmoqda.
Xitoy hukumati sanitariya talablarini yana yengillashtirganini eʼlon qildi. Gonkongga tezyurar poyezdlar qatnovi tiklandi. Xalqning ommaviy noroziligi tufayli mamlakat hukumati COVID-19 ga nisbatan «nol bardoshlik» siyosati doirasida bir qator boshqa cheklovlardan voz kechdi. Shundan so‘ng virusni yuqtirganlar soni yana ko‘paydi va Xitoyga kelayotgan odamlarga yangi xalqaro cheklovlar joriy etildi.


