1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

“Qulupnaychilar” mashmashasiga izoh berildi

Holat yuzasidan IIV tomonidan rasmiy munosabat ham tayyorlanmoqda va tez fursatda eʼlon qilinadi.

“Qulupnaychilar” mashmashasiga izoh berildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Yuqori Chirchiq tumanida IIB xodimlari va yo‘l bo‘yida qulupnay sotib o‘tirgan ayollar o‘rtasidagi kelishmovchilik aks etgan videolar tarqalmoqda.

 

Xodimlar ularni bir necha bor ogohlantirganini aytadi, sotuvchi ayol esa buni inkor etib, ilk bor ko‘rib turganini taʼkidlaydi.

 

IIV matbuot kotibi Shoxrux G‘iyosov voqea yuzasidan bayonot berdi:

“Yuqori Chirchiq tumani yo‘lning qatnov qismida, harakat xavfsizligiga xalaqit berib qulupnay savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning, jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida jalb etilgan ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, janjal uyushtirganliklari aks etgan videolari tarqalmoqda.  Albatta, yuzaga kelgan xavf zudlik bilan bartaraf etilib, jamoat xavfsizligi taʼminlangan. Jamoat tartibini buzgan barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlanib, ular bilan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan rasmiy munosabat tayyorlanmoqda va tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bunday hodisalarni bo‘rttirish va ichki ishlar organlari xodimlarini yomonotliq qilib ko‘rsatishga shaylangan «jamoatchilik vakillari» faollashganligini inobatga olib, haqiqiy jamoatchilik nazorati subyektlaridan yo‘l yoqalaridagi tartibsiz savdo-sotiq bilan bog‘liq muammolar, ular ortidan kelib chiqayotgan yo‘l-transport hodisalari va hokazo masalalarga ko‘proq eʼtibor qaratishlarini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz”, — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика